11765 so'm 139 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+

Namangan viloyati

DTRM UZ > Namangan viloyati
DTRM UZ > Namangan viloyati
[/vc_column]

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi faoliyati 2020-yil sentabr oyidan boshlab Namangan davlat universitetida yo‘lga qo‘yilgan.

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Namangan viloyati hududiy bo‘linmasida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari va xohlovchilarga shartnoma asosida o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahoratlarini oshirib borish maqsadida “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursi hamda keng aholi qatlami vakillari uchun “O‘zbek adabiy tilining yozma nutq me’yorlari”  kursi tashkil qilingan.

Hozirgi kunga qadar “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursini 2022-yilda 773 nafar, 2023-yilda 1050 nafar 2024-yil yanvar-iyun oyida 441- nafar jami 2264  nafar tinglovchilar muvaffaqiyatli tugatgan.

Hududiy bo‘linmaga Namangan davlat universiteti, Namangan davlat pedogogika institutining malakali professor-o‘qituvchilari jalb qilinib kelinmoqda.


Manzil: Namangan shahri, Boburshox ko‘chasi,      103-uy (Namangan davlat universiteti 2- binosi, 3-qavat, 311-xona)