Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-sonli qarori bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida “Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi” tashkil etildi. Markazning Andijon viloyati bo‘yicha hududiy bo‘linmasi 2020-yilning 20-avgustidan Andijon davlat universitetining maktabgacha ta’lim fakulteti binosida o‘z faoliyatini boshlagan.Hozirda Andijon davlat universiteti asosiy binosida faoliyat yuritib kelmoqda.
Markazda tashkilot muassasalar rahbar-xodimlari “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kurslarida makala oshirib kelishmoqda.
Markazga davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish bilan bir qatorda,chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar ham o‘tkaziladi. Bundan tashqari, hududiy bo‘linmada lingvistik ekspertiza xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan.
Hududiy bo‘linma manzili: Andijon shahri, Universitet ko‘chasi 129-uy