11997 so'm 167 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+

Navoiy viloyati

DTRM UZ > Navoiy viloyati
DTRM UZ > Navoiy viloyati

Markazning  Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi 2020-yilda tashkil etilgan. Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi Navoiy davlat pedagogika institutining 8-binosida joylashgan bo‘lib, markazda 3 ta uslubchi, 12 ta soatbay professor- o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Malaka oshirish markazida Navoiy viloyatidagi tashkilot va idora xodimlarining  o‘zbek adabiy tili me’yorlari,  davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar  ustida ishlash, nazariy hamda amaliy bilim va  ko‘nikmalarini   oshirish bo‘yicha dars mashg‘ulotlari tashkil etilgan.

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasining  malaka oshirish kurslarida shu kungacha 1000 dan ortiq tinglovchilar ishtirok etishdi. Tinglovchilarning 3 ta modul bo‘yicha olgan bilimlari test va  esselar orqali aniqlanib, topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarganlar sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Markazda viloyatdagi korxona, tashkilot, idora  va xo‘jalik birlashmalari uchun “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursi, keng aholi qatlami uchun “O‘zbek adabiy tili me’yorlari” kurslari tashkil etilgan. Markazda darslar an’anaviy va masofaviy shaklda haftada 5 kun (dushanba-juma), soat 1500-1700 gacha davom etadi.

Manzil: Navoiy shahar, Ibn Sino ko‘chasi 45-uy, 8-bino
Navoiy davlat pedagogika instituti. San’atshunoslik fakulteti.

Ish kunlari: Dushanba-Juma

Ish vaqti: 09:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00