12050 so'm 153 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+

Xorazm viloyati

DTRM UZ > Xorazm viloyati
DTRM UZ > Xorazm viloyati

Markazning Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi 2020-yil sentabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, sentabr oyida bir guruh (15 nafar), oktabr oyida bir guruh (21 nafar), noyabr oyida bir guruh (21 nafar), dekabr oyida bir guruh (26 nafar) tinglovchilar qabul qilingan. 2020-yil jami 4 guruh (83 nafar) tinglovchi o‘qitilgan.

2021-yilda jami 23 guruh (493 nafar) tinglovchi o‘qitilgan. 2022-yil esa 25 guruh (514 nafar) tinglovchi o‘qitilgan. 2023-yil hisobi bilan 26 guruh (593 nafar) tinglovchi o‘qitilgan. 2024-yil yanvar oyidan noyabr oyigacha 16 guruh (350 nafar) tinglovchi hududiy bo‘linmada malaka oshirgan. 2020-yildan 2024-yil noyabr oyiga qadar jami hisobda 2033 nafar tinglovchi o‘qitilgan va davlat namunasidagi malaka sertifikatiga ega bo‘lishgan.

Markazning Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasida davlat tashkilotlari va idora xodimlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, o‘zbek adabiy tili me’yorlari hamda davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilim va  ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha dars mashg‘ulotlari tashkil etilgan.

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasining  malaka oshirish kurslarida shu kungacha 2000 dan ortiq tinglovchilar ishtirok etishdi. Tinglovchilarning 3 ta modul bo‘yicha olgan bilimlari test, yozma (esse va yozma hujjat) va  og‘zaki savol-javob orqali aniqlanib, topshiriqlarni muvaffaqiyatli yakunlaganlar sertifikatlarga ega bo‘lishadi. Markazda viloyatdagi korxona, tashkilot, idora  va xo‘jalik birlashmalari uchun “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursi, keng aholi qatlami uchun “O‘zbek adabiy tilining yozma nutq me’yorlari” kurslari tashkil etilgan. Keng aholi qatlami uchun olib boriladigan “O‘zbek adabiy tilining yozma nutq me’yorlari” kursi bepul bo‘lib, hududiy bo‘linmada bu kurs 2022-yil yo‘lga qo‘yildi va 2022-yil noyabr oyida Urganch shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi bilan hamkorlikda 2 ta guruhda jami 51 nafar tinglovchi ushbu kursni yakunlashga muvaffaq bo‘lishdi. 2023-yil oktabr oyida 2 guruhda jami 50 nafar, 2024-yil iyul oyida 3 guruhda jami 77 nafar keng aholi qatlami malaka oshirib, sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Shu bilan birga, Markazning Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi “Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 144-sonli qaroriga, shuningdek,  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Namunaviy Nizom” talablariga muvofiq, lingvistik ekspertiza o‘tkazish xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu bo‘yicha tegishli tartibdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2022-yil 1 ta, 2023-yil 7 ta, 2024-yil 2 ta lingvistik ekspertiza xulosasi berilgan.

Markazda darslar an’anaviy shaklda haftada 5 kun (dushanba-juma), soat 1030-1230 da bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Urganch shahar, Gurlan ko‘chasi 1-uy
Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti binosi, 1-qavat

Ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 09:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00