11997 so'm 167 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+

Xorijliklar uchun o‘zbek tili

DTRM UZ > Xorijliklar uchun o‘zbek tili
DTRM UZ > Xorijliklar uchun o‘zbek tili
O‘ZBEK TILINI KURSLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi va uning hududiy bo‘linmalarida o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan o‘zga millat vakillari uchun “O‘zbek tili” kursi faoliyat olib bormoqda.

“O‘zbek  tili”  kursining o‘quv dasturi 144 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, davomiyligi 3 oyni tashkil etadi. O‘quv dasturi orqali tinglovchilarga o‘zbek tilini o‘rganish, amalda qo‘llash, gapirish, yozish, tinglab tushunish, o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘zbek madaniyatidan xabardor bo‘lish kabi vazifalar qo‘yilgan.

2024-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Toshkent issiqlik elektr markazi, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zagrolizing” AJ, “Toshkent metropoliteni”, “Uzbekistan airways” AJ, “UMS” MChJ, “O‘zinjiniring” respublika loyiha instituti, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va yana bir qancha davlat tashkilotlarining 326 nafar xodimi hamda 14 nafar chet el fuqarolari ushbu o‘quv kursini muvafaqqiyatli bitirib, sertifikatlarga ega bo‘lgan.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 8 nafar xodimi “O‘zbek tili” kursi bo‘yicha bepul o‘qitildi. Shuningdek, Farg‘ona davlat universitetining xorijlik talabalari uchun ham “O‘zbek tili” bo‘yicha bepul o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bundan tashqari, ishsiz aholi qatlami vakillari uchun ham “O‘zbek tili” kursi bepul tashkil etib kelinmoqda.

Hozirda Turkiya Respublikasida Ozarbayjon, Eron, Turkmaniston, Qozog‘iston, Iroq davlatlarining fuqarolari uchun “O‘zbek tili” kursi bo‘yicha dars mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
“O‘zbek tili” kursiga tinglovchilar qamrovini kengaytirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda o‘quv kursi haqida e’lonlar joylashtirilgan. O‘zbek tilini o‘rganishni xohlagan fuqarolarni ushbu o‘quv kursiga taklif etib qolamiz.

Telefon: +998997282900