O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmonida belgilangan vazifalarini mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iktisodiy hayotida o‘zbek tilining o‘rnini kengaytirish va xalqaro miqiyosdagi obro‘-e’tiborini mustaxkamlash borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish maksadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida quyidagi kurslar faoliyat olib bormoqda:
2024-yil 13-maydan “Davlat xizmatchilarining nutq madaniyati va notiqlik mahoratini oshirish” kursi ochildi.
Kurs umumiy 10 kunga (58 soat)ga mo‘ljallangan bo‘lib unda
- Kasbiy nutq madaniyati;
- Notiqlik mahorati;
- Nutq texnikasi;
- Nasriy va nazmiy asarlarda milliy muomala madaniyati ifodasi;
- Muloqot psixologiyasi kabi modullardan dars o‘tildi.
“Davlat xizmatchilarining nutq madaniyati va notiqlik mahorati” kursining o‘quv dasturi 58 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, tinglovchilarda nutq madaniyati, notiqlarga xos xususiyatlar, nutqning texnik-psixologik talablari bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni oshirishga qaratilgan.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, “Davlat xizmatchilarining nutq madaniyati va notiqlik mahoratini oshirish” kurslarida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist oliy toifali diktor Ibragimova Nasiba Ismailovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi Xalikulova Go‘zal Erkinovna, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Ma’naviyat va ma’rifat” kafedrasi dotsenti filologiya fanlari nomzodi dotsent Saidov Ulug‘bek Aripovich, filologiya fanlari nomzodi taniqli jurnalist Raxmon Qo‘chqor kabi sohaning yetuk mutaxassislari dars o‘tish uchun taklif etiladi.




