11997 so'm 167 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+

Qashqadaryo viloyati

DTRM UZ > Qashqadaryo viloyati
DTRM UZ > Qashqadaryo viloyati

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi faoliyati 2020-yil sentabr oyidan boshlab Qarshi davlat universitetida yo‘lga qo‘yilgan.

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari va xohlovchilarga shartnoma asosida o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahoratlarini oshirib borish maqsadida “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursi hamda keng aholi qatlami vakillari uchun “O‘zbek adabiy tilining yozma nutq me’yorlari”  kursi tashkil qilingan.

Hozirgi kunga qadar “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursini 1628 nafar tinglovchilar muvaffaqiyatli tugatgan.

Hududiy bo‘linmaga Qarshi davlat universiteti, Shahrisabz davlat pedogogika instituti, Turon universitetining malakali professor-o‘qituvchilari jalb qilinib kelinmoqda.


Manzil: Qarshi shahri, Abdulla Avloniy shohko‘chasi, 16-uy (Qarshi davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti binosi,  3-qavat, 308-xona)
Ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 09:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00