12050 so'm 153 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+

O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish kursi

DTRM UZ > O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish kursi
DTRM UZ > O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish kursi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-sonli qaroriga asosan Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari xodimlari hamda respublikada doimiy istiqomat qilayotgan boshqa tillarda so‘zlashuvchi aholi, shu jumladan xorijiy fuqarolar uchun Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi davlat universitetlari hamda pedagogika institutlari huzurida hududiy bo‘linmalariga ega bo‘lgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tashkil etilgan.

Qarorda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan davlat xizmatchilarining o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahoratini uzluksiz oshirib borish mexanizmlarini joriy etish maqsadida «O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish» o‘quv kursi faoliyat olib bormoqda.

Kurs 144 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, an’anaviy hamda masofaviy shakllarda tashkil etiladi. Bugungi kunga qadar respublika tashkilotlarining 50 mingdan ortiq xodimlari ushbu kurs bo‘yicha malaka oshirib sertifikatga ega bo‘lgan