Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi faoliyati 2020-yil sentabr oyidan boshlab Samarqand davlat universitetida yo‘lga qo‘yilgan.
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari va xohlovchilarga shartnoma asosida o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahoratlarini oshirib borish maqsadida “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursi hamda keng aholi qatlami vakillari uchun “O‘zbek adabiy tilining yozma nutq me’yorlari” (qayta tayyorlov haqida)kursi tashkil qilingan.
Hozirgi kunga qadar “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursini 2022-yilda 773 nafar, 2023-yilda 1050 nafar 2024-yil yanvar-iyun oyida 441- nafar jami 2264 nafar tinglovchilar muvaffaqiyatli tugatgan.
Hududiy bo‘linmaga Samarqand davlat universiteti, Samarqand iqtisod va servis instituti, hamda litsey va umumta`lim maktablarining malakali professor-o‘qituvchilari jalb qilinib kelinmoqda.
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi Samarqand shahri, Muqimiy ko‘chasi, -uy (Samarqand davlat universiteti sirtqi bo`limi, 2-qavat, 221-xona)da joylashgan.