Markazning Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi 2020-yil 20-avgustda tashkil etilib, shu yil sentabr oyidan faoliyat yurita boshlagan. 2020-yildan shu kunga qadar 1 800 ga yaqin tilnglovchi tahsil oldi. Hududiy bo‘linma Jizzax davlat pedagogika inistituti bosh binosida ikkinchi qavat 230-xonada joylashgan. Bo‘linmaga filologiya bo‘yicha falsafa fanlari doktori Sobir Nazarkosimovich Axmedov rahbarlik qiladi. Hududiy bo‘linmada fan doktori, T.Qo‘chqorov, dotsentlar, D.Abduvaliyeva, L.Sindorov, H.Hamdamova, X.Ibragimov, D.Boymatova, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari X.Maxammadiyev, A.Usmonov T. Xoljo`rayev, katta o‘qituvchilar S.Nematova, Sh. Xoldorova, G.Xamrayeva, I.Bo`ranov, o`qituvchilar Sh.Jo‘rayev, K.Sindarov, G‘.Isroilov, M.Xidirova, A.Jumanov, G.To‘lishova, R.Mardonov, F.Hamdamovalar tinglovchilarga yangi pedagogik texnalogiyalar asosida o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Bo‘linmada professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 71%ni tashkil etadi. Shu kunga qadar Jizzax viloyati va tuman hokimi o‘rinbosarlari, bojxona xodimlari, moliya va soliq xodimlari, tibbiyot birlashmalari xodimlari, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim, madaniyat bo‘limi xodimlari, IIB va prokuratura xodimlari, mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash viloyat va tuman bo‘linmalari, mahalla raislari, xodimlari va boshqa qator tashkilot va korxona xodimlari davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘qib, tegishli sertifikarlarni qo‘lga kiritdilar.
Manzil: Jizzax viloyati Jizzax shahri Sh.Rashidov shoh ko‘chasi, 4-uy
Bosh bino 2-qavat, 230-xona
Ish kuni: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-13:00 14:00-18:00