Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi
Hududiy bo‘linma 2020-yil sentabr oyidan boshlab Buxoro davlat universiteti binosida faoliyat olib boradi. Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari xodimlari hamda xohlovchilar shartnoma asosida o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha o‘qitiladi.
Bo‘linmada tinglovchilarning rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahoratlarini oshirib borish maqsadida “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursi hamda keng aholi qatlami vakillari uchun “O‘zbek adabiy tilining yozma nutq me’yorlari” kursi tashkil qilingan.
Hozirgi kunga qadar “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursini 1664 nafar tinglovchilar muvaffaqiyatli tugatgan.
Hududiy bo‘linmaga Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda umumiy o‘rta maktablarning oliy toifali o‘qituvchilari jalb qilinib kelinmoqda.
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Alpomish ko‘chasi, 1-uy, veb-site: www.bukhara-uni.uz (Buxoro davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti binosi, 1-qavat, 106-xona)da joylashgan.
Hududiy bo‘linmaning rasmiy elektron manzili:
e-xat:buxoro-dtrm@exat.uz
Bog‘lanish uchun +99865 222 81 65