11973 so'm 146 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+
Foto reportaj
Yangiliklar

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!

DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!
DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!
Noy 5, 2026 Posted by: tested Foto reportaj Yangiliklar

Sizlarni milliy o‘zligimiz, tarixiy xotiramiz va ma’naviy qadriyatlarimizning bebaho timsoli bo‘lgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi hamda “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Asrlar davomida xalqimizning boy madaniy merosi, ezgu orzu-intilishlari va milliy qadriyatlari ona tilimiz orqali avloddan avlodga yetib kelmoqda. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘zining bebaho ijodiy merosi bilan yuksak maqomga ko‘targan o‘zbek tili bugun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimizning muhim timsoli, xalqimiz birligi va taraqqiyotining mustahkam ma’naviy tayanchi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi nufuzini yanada oshirish, uning boyligi va sofligini asrab-avaylash, davlat tilida ish yuritish madaniyatini yuksaltirish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlaringizga bardavom va samarali bo‘lsin!

Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, farovonlik hamda mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuq va zafarlar tilaymiz.

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!