“Savodxon tashkilot – savodli jamiyat” shiori ostidagi diktant tadbirlari tashkilot va muassasalarda izchil davom etmoqda.
Navbatdagi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasida tashkil etildi. Unda Qo‘mita faoliyat yuritayotgan 20 ga yaqin xodimi ishtirok etib, o‘zbek tilida savodli va to‘g‘ri yozish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.
Diktant Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan beg‘araz amaliy ko‘mak doirasida o‘tkazildi. Markaz mutaxassislari tomonidan diktant olindi hamda ishtirokchilarning yozma ishlari belgilangan mezonlar asosida baholanadi.
Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — xodimlarning yozma savodxonligini oshirish, imlo va punktuatsiya qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, tashkilotlarda davlat tilida ish yuritish madaniyatini yanada yuksaltirishdan iborat.
Savodxon xodim — savodli tashkilot, savodli tashkilot esa savodli jamiyat poydevoridir!
“Savodxon tashkilot – savodli jamiyat” tashabbusi doirasidagi diktant tadbirlari boshqa tashkilotlarda ham davom etmoqda.




