Davlat tilining nufuzini oshirish, xodimlarning yozma savodxonligini yuksaltirish hamda tashkilotlarda davlat tilida ish yuritish madaniyatini mustahkamlashga qaratilgan “Savodxon tashkilot – savodli jamiyat” tashabbusi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
Navbatdagi diktant tadbirida “O‘zbekkosmos” agentligining 21 nafar xodimi ishtirok etib, o‘zbek tilida to‘g‘ri va savodli yozish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.
Tadbir Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan beg‘araz amaliy ko‘mak doirasida tashkil etildi. Markaz mutaxassislari tomonidan diktant olindi va ishtirokchilarning yozma ishlari baholash uchun qabul qilindi.
Mazkur tashabbus xodimlarning imlo va punktuatsiya qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, adabiy til me’yorlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda davlat tilida ish yuritish madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Savodxonlik — kasbiy madaniyat va samarali ish yuritishning muhim mezoni!
“Savodxon tashkilot – savodli jamiyat” tashabbusi doirasidagi diktant tadbirlari boshqa tashkilot va muassasalarda ham davom ettirilmoqda.



