11973 so'm 146 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+
Без рубрики

Özbek alifbosini takomillaştiriş: taşkilotlarda amaliy seminarlar ötkazilmoqda

DTRM UZ > Yangiliklar > Без рубрики > Özbek alifbosini takomillaştiriş: taşkilotlarda amaliy seminarlar ötkazilmoqda
DTRM UZ > Yangiliklar > Без рубрики > Özbek alifbosini takomillaştiriş: taşkilotlarda amaliy seminarlar ötkazilmoqda
Noy 5, 2026 Posted by: tested Без рубрики

Özbekiston Respublikasining 2026-yil 21-oktabrda qabul qilingan ÖRQ-1184-son Qonuni bilan “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Qonunga özgartirişlar kiritildi. Mazkur özgarişlarni keng jamoatçilikka yetkaziş, taşkilot va muassasalar xodimlarini yangi alifboning xususiyatlari bilan taniştiriş hamda uni amaliyotga tatbiq etişga kömaklaşiş maqsadida Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi tomonidan taşkilotlarda amaliy seminarlar ötkaziş taşabbusi ilgari surildi.

Uşbu taşabbus doirasida navbatdagi amaliy seminar Özbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasida taşkil etildi.
Seminarda Qömita markaziy apparati xodimlari hamda Zoom platformasi orqali tizim taşkilotlari vakillari iştirok etdi.

Tadbirda Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi direktori Inomjon Azimov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi direktori Azizjon Eminov iştirok etib, takomillaştirilgan alifbodagi özgarişlar, harflarning yozilişi va qöllanilişi xususiyatlari yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar.

Ta’kidlanganidek, sönggi ön yil davomida özbek alifbosini takomillaştiriş böyiça qator ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar va jamoatçilik muhokamalari ötkazildi. Uşbu jarayonlarda olimlar, yozuvçilar, pedagoglar, axborot texnologiyalari mutaxassislari, naşriyot vakillari hamda boşqa soha mutaxassislari faol iştirok etdi.

Seminar davomida, xususan, O‘, Ğ, Ş va Ç harflarining yozilişi va qöllanilişi bilan boğliq masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, takomillaştirilgan alifbodagi harflarni klaviaturada qulay yoziş imkoniyatlari, davlat idoralaridagi ma’lumotlar bazalari va elektron hujjat aylanişi tizimlarini yangi alifboga moslaştiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Tadbir yakunida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Markaz tomonidan ilgari surilgan mazkur taşabbusning asosiy maqsadi — taşkilot va muassasalarda özbek alifbosini takomillaştiriş bilan boğliq yangiliklar yuzasidan tuşuntiriş işlarini olib boriş, xodimlarning yangi imlo me’yorlari haqidagi bilimlarini oşiriş hamda özgarişlarni amaliyotga töğri va izçil tatbiq etişga kömaklaşişdan iborat.

Markaz respublikamizdagi vazirlik va idoralar, taşkilot hamda muassasalarni uşbu taşabbus doirasida hamkorlikka çorlaydi.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!