Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan 2026-yilning 20-oktabr kuni o‘tkaziladi.
Mazkur ilmiy-amaliy anjuman “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 37 yil to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6084-son Farmoni hamda 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–308-son Qarori, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘iga muvofiq tashkil etilmoqda.
ANJUMANNING ASOSIY YO‘NALISHLARI:
1. O‘zbek tilshunosligining nazariy masalalari
2. O‘zbek alifbosi va imlosi muammolari
3. Amaliy tilshunoslik masalalari
4. Davlat tilida ish yuritish masalalari
5. Soha lugʻatlarini tuzish va terminologiya masalalari
6. Ta’lim bosqichlarida davlat tilining o‘qitilishi