Turk tilining rasmiy til sifatida e’lon qilinganligining 748 yilligi munosabati bilan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori f.f.d. Azimov Inomjon Mamasodiqovich turkiy tillar tadqiqotiga qo’shgan qimmatli hissasi uchun «2025-yil Yunus Emro adabiyot mukofoti» bilan taqdirlandi. Ushbu bayram har yili Turk tili bayrami arafasida Karaman shahrida o‘tkaziladi.