Markazning Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Sattorov Shokirjon Jabborovich Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi» ixtisosligi bo‘yicha “Yuqori sinflarda xalq dostonlarini o‘rganishda innovatsion yondashuvning o‘rni va ahamiyati” mavzusida pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Markaz jamoasi nomidan Shokir Jabborovichni qutlab, kelgusi ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!