Özbek va ozarbayjon xalqlarini muştarak tarix, boy madaniy meros, umumiy ma’naviy qadriyatlar hamda yaqin til va adabiy an’analar birlaştirib turadi. Uşbu muştaraklikni yanada mustahkamlaş, ikki davlat örtasidagi ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Şu maqsadda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi, Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi hamda Ozarbayjon Respublikasining “ULUS EGE GROUP” MÇJ – Xalqaro ta’lim va karyera markazi örtasida kelişuv va hamkorlik doirasidagi şartnoma tuzildi.
Mazkur kelişuv özbek va ozarbayjon tillarini xalqaro miqyosda keng tarğib qiliş, ularni öqitiş tizimini rivojlantiriş, ta’lim muassasalari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş hamda ilmiy-amaliy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan.
Şartnomaga muvofiq, tomonlar özaro manfaat va teng şeriklik tamoyillari asosida quyidagi yönalişlarda hamkorlikni yölga qöyişni rejalaştirgan:
- özbek va ozarbayjon tillarini öqitiş böyiça öquv kurslarini taşkil etiş;
- kurslarni malakali öqituvçilar, zamonaviy ta’lim dasturlari va öquv qöllanmalari bilan ta’minlaş;
- oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida ikki tilni tarğib qiliş, maxsus kurslar va markazlar faoliyatini yölga qöyiş;
- oliy ta’lim muassasalarining filologiya fakultetlarida özbek va ozarbayjon tillarini öqitiş imkoniyatlarini kengaytiriş;
- ikki tildagi adabiyotlar va darsliklarni hamkorlikda tayyorlaş;
- qöşma ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va ilmiy anjumanlarni taşkil etiş hamda ularda faol iştirok etiş.
Uşbu hamkorlik nafaqat özbek va ozarbayjon tillarini örganiş imkoniyatlarini kengaytiradi, balki ikki xalq örtasidagi ilmiy, ta’limiy va madaniy aloqalarning yanada rivojlanişiga ham xizmat qiladi.
Tomonlar kelgusida belgilangan yönalişlar böyiça aniq loyihalar va qöşma dasturlarni amalga oşiriş, özaro tajriba almaşiş hamda xalqaro ta’lim hamkorligini izçil rivojlantirişga alohida e’tibor qaratadi.
Mazkur kelişuv özbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini oşiriş, uni xorijda öqitiş geografiyasini kengaytiriş va turkiy xalqlar örtasidagi ma’naviy-ma’rifiy hamkorlikni mustahkamlaş yölidagi muhim qadamlardan biridir.


