«O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish» kursi Toshkent shahar Olmazor tumani hokimligi rahbar-xodimlari uchun hokimlik binosida tashkil etildi.
Ular 1 oy davomida o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha malaka oshiradilar.
