Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda “JADID MA’RIFATPARVARLARINING O‘ZBEK ADABIY TILI RIVOJIDAGI O‘RNI” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda respublikaning taniqli olimlari jadid ma’rifatparvarlarining faoliyatiga oid ilmiy maqolalari ma’ruzasi bilan ishtirok etdilar.
