Namangan viloyatida Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun Respublika amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Bunda Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi,Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etmoqdalar.
Ushbu seminarga Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilarning tajriba almashishini ta’minlash ularning malakasini oshirish va faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish maqsad qilib qo‘yilgan.
Shuningdek, o‘zbek tili rivojiga qaratilgan muammolar va uning yechimlari, imlo masalalari, yangi kitob taqdimotlari o‘tkazish rejalashtirilgan.
Anjumanda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov “O‘zbek adabiy tili imlo qoidalarini tuzish tajribasidan” mavzusida o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.







