Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar xodimlari uchun davlat tilida ish yuritish asoslariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonov hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi rahbari Inomjon Azizov mamlakatimizda davlat tiliga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, Prezident va hukumat tomonidan qabul qilingan qonun, qaror, farmon va farmoyishlarning ahamiyatiga to‘xtalib, bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.


