11997 so'm 167 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+
Foto reportaj
Yangiliklar

Milliy madaniy markazlar faollariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > Milliy madaniy markazlar faollariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > Milliy madaniy markazlar faollariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
Fev 10, 2026 Posted by: tested Foto reportaj Yangiliklar

Davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida milliy madaniy markazlar faollariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 20 oktyabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida tashkil etildi.

Marosimda qo‘mita va markaz rahbarlari, milliy madaniy markazlar faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, memorandum doirasida milliy madaniy markazlar faollari uchun mo‘ljallangan yangi o‘zbek tili kursining birinchi mashg‘uloti ham bo‘lib o‘tdi.

Bu kurslar milliy madaniy markazlar faollari uchun o‘zbek tilini chuqur o‘rganishda yangi imkoniyatlar yaratadi va jamiyatda millatlararo totuvlik hamda bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Kurslar orqali faollar til bilimini amaliyotda qo‘llash, madaniy almashinuvlar va ijtimoiy loyihalarda samarali ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!