Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar!
Barchangizni nafosat, yasharish, yangilanish hamda mehr-oqibat ayyomi boʻlmish Navroʻz umumxalq bayrami bilan samimiy qutlaymiz.
Navro‘z bayrami butun insoniyat boy madaniy merosining ajralmas qismi sifatida e’tirof etilgan. Navro‘z — bu yangi kun va yangi umidlarning boshlanishidir. Ushbu bayramda Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va tinchlik tilaymiz. Xonadoningizdan baraka, qalbingizdan esa umid va quvonch hech qachon arimasin. Yurtimiz obod, osmonimiz hamisha musaffo bo‘lsin!
Navroʻzi olam muborak boʻlsin!
Cheksiz hurmat bilan,
Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi jamoasi