2024-yilning 16-oktabr kuni soat 11:00 da Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2024-yil II yarim yillik ish rejasida belgilab qo‘yilgan vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamkorligida respublikadagi barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida www.tilbilig.uz platformasi orqali “O‘zbekiston kelajagi savodxon yoshlar qo‘lida” shiori ostida “Ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazilgan edi.
Ushbu loyiha talabalar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash hamda o‘zbek tili ta’limini takomillashtirishga qaratilgan ijtimoiy-ta’limiy aksiya bo‘lib, unda respublika bo‘yicha jami 6 000 nafarga yaqin talabalar ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilarining diktant matnlari baholash hamda g‘oliblarni aniqlash jarayonlari 2 yo‘nalishda amalga oshirildi. Quyidagi havola orqali “Eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega OTM” hamda “Eng yaxshi diktant matni egasi” yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblarning natijalarini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
“Eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega OTM”
“Eng yaxshi diktant matni egasi”
Eslatib o‘tamiz: “Eng yaxshi diktant matni egasi” yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alarini Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardagi hududiy bo‘linmalaridan olishlari mumkin.
Tilbilig.uz sayti aholi, ayniqsa, yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash hamda o‘zbek tili ta’limini takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy platforma hisoblanadi.
Platforma o‘zining savodxonligini sinamoqchi bo‘lgan jamiyatning har bir vakili uchun beminnat xizmat ko‘rsatadi. Siz istalgan paytda platformada ro‘yxatdan o‘tishingiz va diktant yozish orqali savodxonligingizni tekshirishingiz mumkin.
Murojaat uchun: +998 93 334 44 91
+998 99 728 29 00