O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-son “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 6-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-son qarori to‘g‘risida”gi 170-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida Markazda «Qiziqarli o‘zbek tili kursi» tashkil etilgan edi.
O‘zbek tilini o‘rgangan Respublika Milliy madaniy markazlar va do’stlik jamiyatlarining turli millatga mansub xodimlariga, hamda Meksikalik to‘rt nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
