Viloyat hokimligining yana 22 nafar xodimi davlat tilida oʻqitish va malaka oshirish oʻquv kurslarini tugatishdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan 2020–2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda uning asosiy yoʻnalishlari tasdiqlangan.
Qashqadaryo viloyati hokimligining 22 nafar xodimi davlat tilida oʻqitish va malaka oshirish oʻquv kurslarini tugatishdi. Ularga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazining sertifikatlari tantanali topshirildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi «Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida»gi Qonunining 28-moddasida Davlat fuqarolik xizmatiga davlat tilini biladigan, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tegishli malaka talablariga va boshqa talablarga javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinishi belgilab qoʻyilgan.