11997 so'm 167 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+
Foto reportaj
Yangiliklar

Turkiyada o‘zbek tili kurslari davom etmoqda

DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > Turkiyada o‘zbek tili kurslari davom etmoqda
DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > Turkiyada o‘zbek tili kurslari davom etmoqda
Iyun 25, 2025 Posted by: tested Foto reportaj Yangiliklar

Davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini oshirish hamda boshqa tillar bilan aloqalarini kengaytirish boʻyicha bir qator belgilangan vazifalar asosida Turkiyaning Yurt Dışı Türkler ve Akraba Toplulukları Başkanlığı (Chet el turklari va qarindoshlar jamiyati boshqarmasi (YTB) Anqara ofisida oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan xorijlik talabalar uchun oʻzbek tili kurslari tashkil qilingan edi.

Kuni kecha xorijlik talabalar uchun yakuniy sinovlar bo’lib o’tdi. Sinovlarda Yurt Dışı Türkler ve Akraba Toplulukları Başkanlığı (Chet el turklari va qarindoshlar jamiyati boshqarmasi (YTB) Anqara ofisi yetakchisi Osman Merthan Abur, kurs o’qituvchisi Muzaffar Habibullayev, Markaz xodimlari Abdurashid To’ychiyev ham Shahboz Zarmasovlar ishtirok etishdi.

O’z navbatida, tadbir so’ngida so’z olgan tinglovchilar o’zbek tiliga bo’lgan cheksiz hurmatini izhor etishdi, kurslarni tashkil etgan Markaz rahbariyati va barcha hamkorlarga o’z minnatdorchiligini bildirishdi va kelajakda, albatta, O’zbekistonga tashrif buyurib, xalqimizning tili, tarixi va madaniyati bilan yanada chuqur tanishish istagini bildirishdi.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!