Xalqaro anjumanga marhamat!
“GLOBAL INTEGRATSIYA SHAROITIDA TURKIY TILLAR TARAQQIYOTI: MUAMMO VA VAZIFALAR” mavzusida 3-xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Anjumanda Turkiya, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Vengriya, Hindiston, Buyuk Britaniya hamda Rossiya Federatsiyasi Xakasiya, Tuva, Tatariston Respublikalarining taniqli tilshunos olimlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Tashkilotchilar: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ankara Hacı Bayram Veli Universiteti, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi.
Hamkor tashkilotlar: Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Namangan viloyati hokimligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Namangan davlat universiteti, Axsikent arxeologiya parki.
Homiy tashkilotlar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Turkiya Respublikasi Turk tili jamiyati.
Anjuman taqvimi:
- Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga annotatsiya yuborish: 2026-yil 19-fevral – 15-mart.
- Maqolalar qabul qilinganligi haqida ma’lumot berish: 2026-yil 27-mart.
- Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga maqola yuborish uchun oxirigi muddat: 2026-yil 1-may.
O‘tkazilish vaqti: 2026-yil 3–4-iyun.
O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Namangan shahri.
Axborot xati bilan bu yerda tanishing ⇐
Telefon: +998 93 334 44 91, +998 99 728 29 00.