Aziz, Vatan himoyachilari!
Sizlarni 14-Yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklaymiz.
Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Har bir o‘g‘lon ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Markaz jamoasi nomidan barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz. Sizlarga oilaviy xotirjamlik, sog’lik-salomatlik tilab qolamiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!