Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi tomonidan qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikalarida faoliyat olib borayotgan ona tili va adabiyot oʻqituvchilari uchun oʻquv seminarining 4-soni bo‘lib o‘tdi.
Seminarda filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliyev (Mavzu: Ona tili ta’limida grammatik shakllarning milliy tasnifi), pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yoʻldoshev (Mavzu: Maktab adabiy ta’limida oʻquv tahlillarning oʻrni), pedagogika fanlari doktori G‘ofir Hamroyev (Ona tili ta’limidagi zamonaviy darsliklar tuzlilishi)lar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

