12048 so'm 152 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+
Foto reportaj
Xalqaro
Yangiliklar

Namanganda turkiy tillar taraqqiyotiga bagʻishlangan III xalqaro ilmiy anjuman boʻlib oʻtdi

DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > Namanganda turkiy tillar taraqqiyotiga bagʻishlangan III xalqaro ilmiy anjuman boʻlib oʻtdi
DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > Namanganda turkiy tillar taraqqiyotiga bagʻishlangan III xalqaro ilmiy anjuman boʻlib oʻtdi
Iyul 23, 2026 Posted by: tested Foto reportaj Xalqaro Yangiliklar

Joriy yilning 3–4-iyun kunlari Namangan shahrida “Global integratsiya sharoitida turkiy tillar taraqqiyoti: muammo va vazifalar” mavzusidagi an’anaviy III xalqaro ilmiy anjuman yuqori saviyada tashkil etildi. Turkiy tillarning bugungi taraqqiyot jarayonlari, ularning ilmiy tadqiqi, rivojlanish istiqbollari hamda zamonaviy globallashuv sharoitida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilishga bagʻishlangan mazkur nufuzli anjuman ilmiy jamoatchilikning katta qiziqishiga sabab boʻldi.

Anjumanda Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiz Respublikasi hamda Oʻzbekistonning turli ilmiy va ta’lim muassasalaridan 80 ga yaqin olim va tadqiqotchilar ishtirok etdi. Ularning 30 nafardan ortigʻi xorijiy davlatlardan tashrif buyurib, anjuman ishida bevosita qatnashdi.

Anjumanning yalpi majlisida turkiy xalqlar madaniyati, tili va adabiy merosini asrash, ilmiy hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy tilshunoslik yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish hamda turkiy tillarni xalqaro miqyosda targʻib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ma’ruzachilar tomonidan globallashuv jarayonlarining turkiy tillar rivojiga ta’siri, raqamli texnologiyalar davrida milliy tillarning mavqeini mustahkamlash, yosh avlodda ona tiliga hurmat va e’tiborni kuchaytirish kabi muhim masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Anjuman doirasidagi shu’ba yigʻilishlari toʻrtta yoʻnalish boʻyicha tashkil etildi. Har bir shu’bada turkiy tillarning tarixiy taraqqiyoti, zamonaviy holati, qiyosiy tadqiqotlar, terminologiya, til siyosati, ta’lim jarayonida turkiy tillarni oʻqitish metodikasi, raqamli lingvistika va korpus tadqiqotlari kabi masalalar keng muhokama qilindi. Olimlar va tadqiqotchilar tomonidan bildirilgan ilmiy takliflar, tavsiyalar va xulosalar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Anjumanda taniqli xorijiy va mahalliy olimlarning ma’ruzalari tinglandi. Xususan, N.F. Katanov nomidagi Xakasiya davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Mariya Chertikova xakas tilining bugungi holati, uni saqlab qolish va rivojlantirish bilan bogʻliq muammolar haqida atroflicha soʻz yuritdi. U turkiy tillar boʻyicha xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, xakas tili va boshqa turkiy tillarning qiyosiy tadqiqiga bagʻishlangan qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish taklifini ilgari surdi.

Shuningdek, Rossiyaning Tatariston Respublikasidan tashrif buyurgan professorlar Ilhomiya Galimzanova va Guzaliya Gilazova, Turkiya Respublikasidan professorlar Aynur, Oʻz Oʻzjan, Veli Savash Yelok, Zaynobiddin Abdurashidov va Ufuk Birjan, Qozogʻistondan professorlar Gulgaysha Sagidolda hamda Magripa Yeskeyeva, Qirgʻizistondan dotsent Gulmira Raynbekova tomonidan turkiy tillarning dolzarb muammolari va istiqbollariga bagʻishlangan ma’ruzalar taqdim etildi. Ma’ruzalarda turkiy tillarning oʻzaro aloqalari, zamonaviy lingvistik tadqiqotlar, ta’lim tizimidagi innovatsion yondashuvlar hamda xalqaro ilmiy hamkorlik istiqbollari xususida qimmatli fikrlar bildirildi.

Ikki kun davom etgan anjuman davomida ishtirokchilar oʻzaro tajriba almashish, yangi ilmiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Oʻtkazilgan muhokamalar turkiy tillar boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun muhim zamin yaratdi.

Anjuman yakunida qabul qilingan rezolyutsiyada turkiy tillarni oʻrganish va rivojlantirish borasidagi ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash, yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, xalqaro ilmiy almashinuv dasturlarini kengaytirish hamda turkiy tillar boʻyicha qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan qator vazifalar belgilab olindi.

Anjuman tashkilotchilari mazkur xalqaro tadbirning yuqori saviyada oʻtishiga amaliy yordam koʻrsatgan Namangan viloyati hokimligiga alohida minnatdorlik bildiradilar. Xususan, viloyat hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Iroda Kuchqarova hamda Namangan davlat universiteti rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyevning tashkiliy va amaliy koʻmagi anjuman ishining samarali tashkil etilishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Mazkur xalqaro ilmiy anjuman turkiy xalqlar oʻrtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni mustahkamlash, turkiy tillarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik yoʻnalishlarini belgilab olishda muhim ilmiy maydon vazifasini oʻtadi.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!