Qadri bilinadi, menga endi goh,
Olis maktabimning o‘sha behasham,
Navoiy-ku, bizga ustozdir biroq,
Kimdir o‘qitgan-ku, Navoiyni ham…
Shunday buyuk zotga harf o‘rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!
Muhammad Yusuf
💐Hamisha ezguliklarni istovchi aziz ustozlar, mehridaryo muallimlar!
Barchangizni “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Hurmat bilan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malakasini oshirish markazi jamoasi!