Turkiya safari davomida Markaz direktori Yurt Dışı Türkler ve Akraba Toplulukları Başkanlığı (Chet el turklari va qarindoshlar jamiyati boshqarmasi (YTB) Anqara ofisida bo‘ldi. Avval xabar berganimizdek, u yerda oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan xorijlik talabalar uchun oʻzbek tili kurslari tashkil qilingan edi. Dunyoning turli davlatlaridan kelgan, oʻzbek tili va madaniyatiga qiziqqan talabalarga Anqara universiteti doktoranti Muzaffar Habibullayev tasdiqlangan dastur asosida mashgʻulotlar olib bormoqda. I.Azimov dars mashg‘ulotlarida ishtirok etib tinglovchilar bilan o‘zbek tilida suhbatlashdi.
Ofis rahbari bilan bo‘lgan suhbatda, kurslarning tashkil etilganligi alohida ta’kidlandi. E’tiborlisi, ofis faoliyati haqida chop etilgan kitobda o‘zbek tili kurslariga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Ma’lumot o‘rnida: Anqara shahridagi Yurt Dışı Türkler ve Akraba Toplulukları Başkanlığı (Chet el turklari va qarindoshlar jamiyati boshqarmasi (YTB) Anqara ofisida hozirgi kunda to‘rtinchi guruhi uchun mashg‘ulotlar tashkil etilgan.




