Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan 2024-yilning 22-oktabr sanasida o‘tkaziladi.
Ushbu ilmiy-amaliy anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoniga muvofiq “2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi”da belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 35 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilmoqda.
DAVLAT TILI TARAQQIYOTI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI IV RESPUBLIKA AN’ANAVIY ILMIY-AMALIY ANJUMANI AXBOROT XATI Axborot xati bilan to‘liq tanishish uchun yozuv ustiga bosing.