11997 so'm 167 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+
Yangiliklar

O‘quv-seminarning 7-soni bo‘lib o'tdi

DTRM UZ > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘quv-seminarning 7-soni bo‘lib o’tdi
DTRM UZ > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘quv-seminarning 7-soni bo‘lib o’tdi
Iyun 10, 2024 Posted by: tested Yangiliklar

Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi tomonidan qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikalarida faoliyat olib borayotgan ona tili va adabiyot oʻqituvchilari uchun oʻquv seminarining 7-soni bo‘lib o‘tdi.

Navbatdagi o‘quv seminarida Pedagogika fanlari doktori, professor Valijon Qodirov – «Mumtoz adabiyotni o‘qitishdagi muammolar va ularning yechimlari» mavzusida, pedagogika fanlari doktori, professor Gulshan Asilova – «Til ta’limida tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish» mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Aytish joizki, bu galgi son ham savol-javoblar bilan qiziqarli ruhda o‘tdi. Seminar so‘ngida Markaz direktori I.Azimov ma’ruzachilarga hamkorlik uchun minnatdorlik bildirib, ularga  tashakkurnomalar topshirdi.

Ushbu o‘quv seminarining keyingi sonlari yangi o‘quv yilidan boshlab davom etadi.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!