✨Filologiya fanlari doktori, dotsent Inomjon Azimovning «XX ASR BOSHLARIDA O‘ZBEK TILSHUNOSLIGINING RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI» nomli monografiyasi nashr etildi.
✅ Monografiyada jadid ma’rifatparvarlarining adabiy til, alifbo, imlo sohasidagi faoliyati, arab yozuvining isloh qilinishi, singarmonizmga munosabat, o’zbek tilida unlilar miqdorining belgilanishi, lotin alifbosi asosidagi o’zbek yozuvi uchun yaratilgan alifbolar, adabiy til uchun tayanch dialekt masalasi, dastlabki imlo qoidalarining ishlab chiqilishi kabi masalalar tahlilga tortilgan.