Muhtarama ayollar, aziz opa-singillar!
Sizni 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.
Odatda ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Zotan, o‘lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi ham ramziy ma’no kasb etadi. Shubhasiz, bugungi kunda mamlakatimizda ushbu qutlug‘ ayyom tom ma’nodagi umumxalq bayramiga, azaldan xalqimizga munis ayollarimizga xos bo‘lgan go‘zallik, latofat, oilaparvarlik yuksak fazilatlar timsoliga aylangan. O‘zbekistonimiz turmush tarzining osudaligi, baxt-saodatli va totuvligi, olib borilayotgan har bir bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida ayollarimizning aql-zakovati, o‘tkir zehni mujassam ekanligini quvonch bilan ta’kidlab o‘tishimiz lozim.
Sizlarni yana bir bor bayram bilan qutlash barobarida mustahkam sog‘lik-omonlik, uzoq va mazmunli umr, xonadongizga qut-baraka va farovonlik tilaymiz!
Yuksak ehtirom bilan,
Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi jamoasi