Hurmatli ayol-qizlarimiz, aziz ustozlar!
Muhtarama onaxonlar, munis opa-singillar!
Sizlarni go‘zallik bayrami 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi jamoasi samimiy muborakbod etadi!
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka tilaymiz.
Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
Sizlarni va sizlar orqali yurtimizdagi barcha xotin-qizlarni, dilbar ayollarimizni yana bir bor go‘zallik va nafosat bayrami bilan chin qalbimdan tabriklaymiz.
Doimo, yuzingizdan tabassum, qalbingizdan shodu-xurramlik arimasin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!