🟢 Toshkent shahri Yakkasaroy tumani «Konstitutsiya» MFYda keng aholi qatlami uchun «O‘zbek adabiy tilining yozma nutqi me’yorlari» kursi boshlandi.
✅ Kursda mahalla fuqarolariga lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va o’zbek tilining asosiy imlo qoidalari o‘rgatilmoqda.
✔️ Kurs mashg‘ulotlari Markazning aholini o‘zbek adabiy tilining yozma nutqi me’yor va qoidalariga o‘qitish bo‘limi boshlig‘i O‘rinboy Boboyorov tomonidan o‘tkazilmoqda.
Ta’kidlash joizki, kurs mashg‘ulotlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-son qaroriga asosan aholi uchun bepul tashkil qilinishi belgilab qo‘yilgan.