Davlat kadastr agentligi hamda davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bilan so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag’ishlangan «Buyuk allomalarimizga ehtirom» mavzusida davra suhbati, tadbir tashkil etildi.Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Surxondaryo hududiy bo’linmasi rahbari Shokir Sattorov hamda shu bo‘linma katta o‘qituvchisi Nigora Xudoyorovalar ishtirok etishdi. Tashrif buyurgan mehmonlar Navoiy hamda Bobur ma’naviy merosi, o‘lmas asarlari, betakror ruboiy va g‘azallari, ularni anglash tom maʼnoda, millat ong-u tafakkuri uchun badiiy qimmatga ega ekanligi haqida ma’lumotlar berishdi.