Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisining 2025-yil 24-yanvardagi 14-son bayoni 7-ilovasi 14-bandida davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar o‘rtasida «Ommaviy diktant» tadbirini o‘tkazish belgilangan edi.
Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalarida Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi gonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari o‘rtasida «Ommaviy diktant» tadbiri tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
-davlat xizmatchilari, xususan, maslahatchilar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish;
-o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash;
-o‘zbek tilining qo‘llanishi va ta’limini takomillashtirish;
-o‘zbek tilida diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi bo‘yicha 0‘z bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lish;
-o‘zbek adabiy tili va uning imlo va punktuatsion qoidalarini, uslubiy talablarini hamda og‘zaki me’yorlarini puxta egallash uchun rag‘bat uyg‘otish;
Maslahatchilarning savodxonlik ko‘nikmalarini oshirish orqali respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalarida hujjatlarning xatosiz yuritilishi hamda davlat tili qoida va me’yorlari sifatini oshirish.





















