🔰 Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida respublika viloyat va tuman hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchilari uchun «Davlat tilida ish yuritish va matnning lingvistik tahlili» kursi tashkil etilmoqda. Maslahatchilar bosqichma-bosqich ushbu kursda malaka oshirib tegishli sertifikatga ega bo‘lishlari mumkin.
Kuni kecha Buxoro va Surxondaryoda viloyat va tuman hokimlarining maslahatchilari uchun kursning yakuniy nazorati bo‘lib o‘tdi.