2024-yil 21-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Buxoro viloyati hududiy bo’linmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Eng yaxshi bilimdon maktab rahbari” tanlovi shahar bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Buxoro shahridagi umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etib uch bosqichda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Marosimida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Inomjon Azimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminovlar ishtirok etib, g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
