Bugun Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisinlng 2024-yil 22-iyuldagi 77-son bayoni 7-ilovasi 23-bandiga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar vа Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo’yicha maslahatchilarining tajriba almashishini ta’minlash, ularning malakasini oshirish vа faoliyatini samarali yo’lga qo’yishga ko’maklashish maqsadida Farg’ona viloyatining Qo‘qon shahrida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar Qo‘qon shahar hokimi – M.Usmanov hamda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari – N.Xolbo‘tayev kirish so‘zlari bilan ochildi.
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori – I.Azimov hujjatlarni lingvistik ekspertizadan o‘tkazish hamda tilbilig.uz platformasi to‘g‘risida nutq so‘zladi.
Shuningdek, seminar davomida Qoʻqon shahrida davlat tilini rivojlantirish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan taqdimot hamda boshqa ma’ruzachilarning dolzarb mavzulardagi nutqi tinglandi.





