11997 so'm 167 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+
Foto reportaj
Yangiliklar

Farg‘onada o‘zga millat vakillari uchun “O‘zbek tili” kursi tashkil etildi

DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > Farg‘onada o‘zga millat vakillari uchun “O‘zbek tili” kursi tashkil etildi
DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > Farg‘onada o‘zga millat vakillari uchun “O‘zbek tili” kursi tashkil etildi
Yan 8, 2026 Posted by: tested Foto reportaj Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF–5850-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 5-yanvardan boshlab Farg‘ona shahrida o‘zga tilli guruhlar uchun “O‘zbek tili” o‘quv kursi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur kurs Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida tashkil etilib, uning ochilish tadbirida:

— Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S. Tongotorova,
— Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona hududiy bo‘linmasi rahbari N. Qo‘ldashev,
— Markaz professor-o‘qituvchisi, filologiya fanlari doktori, professor S. G‘ofurova ishtirok etdilar.

Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar davlat tilini mukammal o‘rganish, og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish, kundalik hamda kasbiy muloqotda erkin foydalanish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Mazkur o‘quv kursi ishtirokchilarning til madaniyatini oshirish, ularning jamiyatdagi faolligini kuchaytirish hamda davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘quv kursi 3 oy davomida maxsus dastur asosida olib boriladi.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!