Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda Elchin Ibrohimovning “Turkiy xalqlarning umumiy alifbosi, imlosi va muloqot tili” nomli monografiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Eminov, O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik jamiyati ijrochi direktori E.Nuriddinov, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori I.Yo‘ldoshev, Ozarbayjon tillar universiteti Turk dunyosi tadqiqotlar markazi direktori Elchin Ibrohimovlar so‘zga chiqishdi.
