Turkiya Respublikasida 13-may turk tili bayrami sifatida nishonlab kelinadi. Karaman viloyatida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan ushbu bayram dasturida bu yil ilk bor xalqaro anjuman o‘tkazish ham belgilandi.
Xalqaro anjumanga Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi direktori, f.f.d. Inomjon Azimov ham taklif etilgan.
Anjuman yalpi yig‘ilishida so‘zga chiqqan Markaz direktori mamlakatimizda olib borilayotgan til siyosati, jadidlar tilshunosligi bo‘yicha, shu’ba yig‘ilishlarida «XX asr boshlarida o’zbek tilshunosligining rivojlanish yo’nalishlari» mavzusida ma’ruza qildi.
Turkily tillar doirasida o‘zbek tili o‘ziga yarasha muhim ahamiyatga ega til sifatida yana bir bor e’tirof etildi.



