11801 so'm 136 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+
Foto reportaj
Yangiliklar

Milliy til – milliy birlik vositasi

DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > Milliy til – milliy birlik vositasi
DTRM UZ > Yangiliklar > Foto reportaj > Milliy til – milliy birlik vositasi
Yan 7, 2025 Posted by: tested Foto reportaj Yangiliklar

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tilini joriy qilish borasidagi faoliyatni jamoatchilik asosida tashkil etishga mas’ul etib belgilangan tashkilotchilar xodimlari uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Eshmirza Abdualimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida mavqeyini mustahkamlash, til siyosatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori f.f.d., dots. Inomjon Azimov, Vazirlar Mahkamasining O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminovlar tashkilot va muassasalarda davlat tilida ish yuritish, kasbiy faoliyatda va targ‘ibot ishlarida notiqlik mahorati va kommunikativ kompetentlik mavzularida maruza qildilar.

Bundan tashqari, seminarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikdagi faoliyatning o‘ziga xos jihatlari, tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilishning amaliy jihatlari hamda tashkilot va muassasalarda davlat tilida ish yuritish tartib-qoidalari bo‘yicha o‘z jamoalarida amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalar ham atroflicha muhokama qilindi.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!